Eksport — bu javobsiz
savollar to'plami.
Qaysi bozor?
Bu xaridor ishonchlimi?
Qanday sertifikatlar kerak?
Eksportga tayyormizmi?
Avval nima qilish kerak?
Talab qanchalik katta?
HS kodim qaysi?
Kim bilan gaplashaman?
Bizga nima yetishmayapti?
Xaridorlarni qayerdan topaman?
Raqobat qanchalik kuchli?
Bu qancha vaqt oladi?
O'sha davlat xavflimi?
Eksportdagi har bir ishga
alohida modul
Eksportga oid barcha ishlarni bitta platformaga jamladik.
Eksport tayyorligi Checkup'i
Eksportga tayyormanmi degan savolga aniq javob olasiz. Kompaniyangiz 1000 ballik shkala bo'yicha baholanadi va har bir kamchilik siz bergan javobga bog'lab ko'rsatiladi.
Roadmap
Checkup topgan kamchiliklarni bosqichma-bosqich Roadmap'ga aylantiradi. Har bir kamchilik uchun yechim taklif qiladi va rivojlanishingizni kuzatib borishingiz mumkin.
Bozor tahlili
Mahsulotingiz bozorini boshidan oxirigacha o'rganishingiz mumkin. Qaysi davlat qancha olishini, raqobatchilar kimligini va xaridoringiz kim bo'lishi mumkinligini bitta oqimda ko'rasiz.
Simulyatsiya
Foyda, marja, zarar, jo'natmaning har bir bandini oldindan hisoblashingiz mumkin. Xaridor oldiga o'z raqamlaringizni bilgan holda chiqasiz.
Ish maydoni
Hech bir muzokara unutilib yo'qolmaydi. Har bir xaridor olti bosqichli doskada eslatmasi, vazifasi va namunasi bilan siljiydi va bitim yopilganda haqiqiy summa bilan marja ham kartaga yoziladi.
Network
Platformadagi eksportchilar bilan bog'lanishingiz mumkin. Ochiq so'rovlarga taklif berib, uchrashuvlaringizni shu yerdan rejalashtirasiz.
Matchmaking
To'g'ri firmani qidirib vaqt yo'qotmaysiz. Siz sotadigan narsani oladigan yoki sizga kerak narsani sotadigan kompaniyalarni topadi va bal bilan birga nega mos kelganini ham yozadi. Hozircha beta.
Eksport hujjatlari
Tijorat invoysi, proforma, qadoqlash ro'yxati va savdo shartnomasini bir joyda tayyorlaysiz. Kompaniya ma'lumotlaringiz avtomatik to'ldiriladi, har bir hujjat PDF sifatida chop etiladi.
Data Hub
Har bir Glomarkt hisobida bepul, bepul tarifda ham. Eksportda kerak bo'ladigan ma'lumotnomalarni bir joydan topasiz.
Glomarkt sizni
qaysi bozorlarga olib chiqadi
Qaysi bozorda qanchalik kuchli ekanimizni shu xaritada ko'rishingiz mumkin. Yangi ma'lumotlar qo'shilgani sari xarita ham yangilanib boradi.
Oxirgi yangilanish: noyabr, 2026
Eksportga olib boradigan uch qadam
Kompaniyangizni bilib oling
Checkup qaysi bosqichda ekaningizni ko'rsatadi va kamchiliklaringiz Roadmap'ga aylanadi.
Yo'nalishingizni belgilang
Bozorlarni solishtirasiz, davlatingizni tanlaysiz va xaridor nomzodlaringizni ko'rasiz.
Bitimingizni tuzing
Xaridoringizni tanlaysiz, hisobingizni bilasiz va jarayonni doskadan boshqarasiz.
Har bosqichdagi
eksportchi uchun
Endi boshlayotganlar
Mahsulotingiz bor, eksport tajribangiz hali yo'q
- Tayyorlik balingiz va kamchiliklar ro'yxati
- Birinchi jo'natmagacha yo'l ko'rsatadigan Roadmap
- Har bir hisobda bepul ma'lumotnomalar
Kengayayotganlar
Eksport qilyapsiz, endi keyingi bozorni qidiryapsiz
- Mahsulotingizga qarab saralangan 180 dan ortiq davlat
- Talab, bojlar, risk va logistika bitta faylda
- Saqlab keyin qayta ochiladigan tadqiqotlar
Tajribali eksportchi
Bir nechta bozorga sotasiz va hammasini bir joydan boshqarishni istaysiz
- Mahsulotingizga qarab baholangan haqiqiy xaridor nomzodlari
- Har bir yetkazib berish shakli va yo'nalish uchun marja hisobi
- Barcha muzokaralarni bir joydan kuzatadigan doska
Virtual tashqi savdo ekspertiza
platformasidan foydalanishni boshlang
Starter tarifi bepul. Karta ma'lumotlari kerak emas.